O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidentining tabrigi
2019-04-24 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
“Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi”, – deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchilik va farovonlik tiladi.