O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tashkent Law Spring» xalqaro yurdik forumida 1000dan ortiq ishtirokchilar qatnashadi

2019-04-24 | Jamiyat

Joriy yilning 25 apel kuni Toshkentda mamlakatimiz tarixida ilk bor «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi boshlanadi. Tadbir o‘tkazilishi Harakatlar startegiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan.

22 aprel kuni mahalliy va xalqaro OAV vakillari uchun tashkil etilgan brifingda sanoqli kunlardan so‘ng boshlanadigan “Toshkent huquq bahori” xalqaro yuridik forumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, unda ishtirok etuvchilar, forum dasturidan o‘rin olgan asosiy masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 
Forumning asosi mavzusi “Huquq jadal modernizatsiya davrida” bo‘ladi. Bu bejiz emas. So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonda inson huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar davri bo‘ldi.
 
Qisqa davr ichida Harakatlar strategiyasi doirasida 90 dan ortiq qonunlar va ikki mingdan ziyod Prezident, hukumat farmonlari va qarorlari qabul qilindi. Eng yaxshi amaliyotlar, ilg‘or tajriba va takliflar milliy huquq tizimini takomillashtirish imkonini bermoqda.
 
Tadbir qatnashchilari davlat va jamiyatning jadal o‘zgarish davrida huquq qanday bo‘lmog‘i kerak? degan savolga javob topadilar.
 
Forum yurisprudentsiya sohasidagi mingdan ziyod vakillar, jumladan dunyoning 40 mamlakati (AQSh, Angliya, Avstriya, Avstraliya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Frantsiya, Niderland, Shveytsariya, Polsha, Kanada, Moldova, Belarus, Ukraina, Malta, Latviya, Litva, Rossiya, Gruziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Shri-Lanka, Qozog‘iston, Afg‘oniston va h.k) dan qariyb 240 delegatlarni birlashtiradigan muhokama maydonchasiga aylanadi.
 
Ta’kidlash joizki, ushbu ahamiyatli anjumanda Koreya Respublikasi, Singapur, Rossiya, Afg‘oniston, Belarus, Ozabrayjon, Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka davlatlarining adliya vazirliklari va qonunchilik tizimi, dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbariyati ham ishtirok etadi.
 
«Tashkent Law Spring» dasturini tuzishda espertlar va spikerlar faol qatnashdi. Forumning tashkiliy qo‘mitasi yuzlab arizalar va takliflarni ko‘rib chiqdi. Forumning amaliy dasturi “Sifatli boshqaruv”, “Sud ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsiyaviy siyosat” yo‘nalishlari bo‘yicha 17 ta sessiyani o‘z ichiga oladi.
 
“Sud ekspertizasi” va “Notariat” mavzulariga oid ikkita davra suhbati, O‘zbekiston investitsiya muhiti, davlat xizmatlari va fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi islohotlar bo‘yicha taqdimotlar, “Yuridik kompaniya boshqaruvi: muvaffaqiyat sirlari” va “Investitsiya loyihalarini boshqarish” bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
 
Shuningdek, “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi adovakatlik tuzilmasi”, “Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
 
«Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi shu tariqa, yirik professional bayramga aylanishi kutilmoqda.
 
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yurisprudentsiya sohasi vakillari jonli muloqot va qulay sharoitlarda dunyodagi murakkab va qiziqarli   masalalarni,   bugungi kunda sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularga qaratilgan chaqiriqlar bo‘yicha muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
 
Ma’lumot uchun: poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbir jarayonlarini yoritish uchun milliy va xorijiy OAV larning 90 nafardan ortiq vakillari akkreditatsiyadan o‘tdi.
 
Forum dasturi, spikerlar va ishtirokchilar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan «Tashkent Law Spring» — https://tashkentlawspring.uz/ru rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
 
Forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda. AQShning xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi (USAID) va BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi (UNDP) tadbirning asosiy homiylaridir.

Поделиться