O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yurtimizda 376 qozoq tilida ta’lim beruvchi umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi

2019-04-24 | Jamiyat

Yoshlar press klubida “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili yoshlar nigohida” mavzuida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy madaniy markazlar hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda ekspertlar, mamlakatimizdagi diplomatik korpusi vakillari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi qozoq millatiga mansub yoshlar ishtirok etdi.
 
Ma’lumki, azal-azaldan O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari bir-biriga qadrdon do‘st bo‘lib kelgan. O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili”ning e’lon qilinishi esa strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kuchayib borayotganligidan dalolat beradi hamda hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
 
Mamlakatimizda 376 ta qozoq tilida ta’lim beruvchi umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi. Yetti oliy o‘quv yurtida qozoq tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bir qator loyihalarda qozoq yoshlari faol qatnashib kelmoqda. Shuningdek, ko‘plab yoshlarimiz Qozog‘istonda tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarning doimiy ishtirokchisidir.
 
Press-klubda hamkorlikdagi tadbirlarning ahamiyati hamda kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon qilinishi hamda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari haqida ham ma’lumot berildi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi faoliyati, markaz tomonidan o‘zbek-qozoq qardoshligini mustahkamlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
 

G.Boboeva, O‘zA

Поделиться