O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo chempionatida dastlabki g‘oliblar aniqlandi

2019-04-23 | Sport

Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

Mazkur chempionat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI), Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) hamda mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
 
Unda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Vetnam, Gonkong, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo‘g‘uliston, BAA, Iordaniya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman va Livan kabi 40ga yaqin mamlakatdan 500 nafardan ortiq velopoygachilar ishtirok etishyapti.
 
Chempionatning dastlabki kunida ayollar 30 km, erkaklar esa 40 km masofaga jamoaviy poygalarda qatnashmoqda. Shuningdek, bugun paralimpiyachilar o‘rtasida 3 yo‘nalishda poygalar o‘tkaziladi.
 
Biroz avval yakunlangan ayollar o‘rtasidagi jamoaviy poygada Janubiy Koreya terma jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatgan holda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Qozog‘iston termasi marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Gonkong sharafini himoya qilgan velopoygachilar chempionatning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
 

Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA

Поделиться