O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiyada O‘zbekiston turizmi elchisi tayinlandi
2019-04-23 | Turizm
Taniqli yapon aktrisasi Maeda Atsuko (前田敦子) O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Aktrisaga «O‘zbekiston turizm elchisi» sertifikatini topshirish marosimi 23 aprel kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.
Yaponiyalik yetakchi OAV mazkur voqeani keng yoritishmoqda. Bu esa o‘z navbatida yaponiyalik potensial sayyohlar uchun O‘zbekiston brendini turistik yo‘nalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi.
Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007 yil rejisyor Ichikavi Junning «O‘zlikni topish» filmida suratga tushadi. U 2001 yilda suratga olingan «Мislsiz jannat» serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishdi.