O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida Xalqaro konferensiya

2019-04-23 | Iqtisodiyot

18-20 aprel kunlari Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan "Oʻzbekistonda va Yevrosiyoda pensiya islohoti. Muammolar va yechimlar" mavzusida Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Bu mamlakatimizda boʻlib oʻtgan birinchi shu turdagi forumdir.

Konferensiyada Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston davlatlarining pensiya va ijtimoiy fond hamda muassasalarining rahbarlari, shuningdek “Gazfond” nodavlat Pensiya jamgʻarmasi vakillari ishtirok etdi.
 
Tadbirning kirish qismida Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi direktori E. Ametov, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari Y. Tursunov va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va bandlik munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari E. Muxitdinov soʻzga chiqishdi.
 
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova va Ozarbayjon davlatlari delegatsiyalarining vakillari ushbu mamlakatlarning pensiya tizimlari, ularning oʻxshashliklari va farqlari haqida ma'lumot berishdi.
 
O'zbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasi mutaxassislari mamlakatimizda pensiya islohotlari konsepsiyasi haqida ma’lumot berdilar.
 
Butunrossiya mehnat ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi, iqtisod fanlari doktori Valentin Roikning "Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarida pensiya islohotlari: natijalar, hal qilinmagan muammolar, yangi qiyinchiliklar va ularga javoblar" mavzusidagi ma’ruzasi alohida qiziqish uygʻotdi.
 
U 90-yillarning boshida ijtimoiy-siyosiy modeldagi o'zgarishlarni, keyinchalik “shok terapiyasi” va uning pensionerlarga ta'siri, oʻtgan vaqt mobaynida MDH davlatlarining pensiya tizimlarini modernizatsiya qilish natijalari, ularning davlatini institutsional pozitsiyadan va aholi keksayishining barqaror rivojlanish tendensiyasi doirasida yuzaga kelgan muammolarni tasvirlab berdi.
 
Ishtirokchilar pensiya tizimlarini isloh qilish va ijtimoiy sugʻurta masalalari, shu jumladan pensiya yoshidagi oʻzgarishlarni muhokama etdilar. Xususan, O'zbekistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun esa 55 yosh, deb belgilangan. Turkmanistonda mos ravishda 62 va 57 yosh, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda – 63 va 58 yosh, bundan tashqari, Qozogʻistonda ayollarning pensiya yoshini asta-sekin oshirib, 63 yilga yetkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
 
Shu bilan birga, delegatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 martdagi “Nogironligi bo’lgan farzandlarning onalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hamda ijtimoiy ahamiyatli tovarlarni (xizmatlarni) erkin narxlarda  sotilishini ta’minlashga yo’naltirilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq nogiron bolalarni tarbiyalayotgan onalarga ijtimoiy nafaqalar to'lash tartibi bilan tanishdilar. 
 
Mazkur qarorga ko’ra ushbu ayollar 55 yoshga toʻlganidan soʻng, zarur ish tajribasiga ega bo'lmasa ham, oylik nafaqa olish huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilgan. Bugungi kunda mazkur masala boʻyicha Pensiya jamgʻarmasiga 1000 nafarga yaqin onalar murojaat qilishgan. 
 
Shuningdek, anjuman ishtirokchilari tomonidan Yevroosiyo davlatlarining pensiya tizimlari o’rganildi hamda sohani rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini muhokama etildi. 

Поделиться