O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekiston maktablariga pianino sovg‘a qildi
2019-04-22 | Ta’lim
Janubiy Koreyaning Booyoung Housing Co. LTD kompaniyasi Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim vazirliklariga ikki mingta raqamli pianino sovg‘a qildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida Booyoung Housing Co. LTD kompaniyasi bilan yurtimiz ta’lim muassasalariga ikki mingta raqamli pianinoni bepul topshirish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Mazkur shartnomaga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi 1000 ta raqamli pianino olishi hamda bu pianinolar maktablarga berilishi rejaga kiritilgan.
Ushbu loyiha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirishga qaratilgan.