O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreyaning Yer va geofazoviy ma`lumotlar korparatsiyasi (LX) bilan uchrashub bo`lib o`tdi
2019-04-22 | Jamiyat
Joriy yilning 19-aprel sanasida yer tuzish sohasida Milliy yer resurslarini samarali boshqarish maqsadida uchrashuv bo`lib o`tdi hamda hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda o'zaro hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida MGAT loyihasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv chog'ida tomonlar o'zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida har bir mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq milliy yer resurslarini samarali boshqarish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish maqsadida yer resurslarini boshqarish bo'yicha hamkorlik to'g'risida Memorandum imzoladilar. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
- mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- Geografik axborot tizimlari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun mutaxassislarni almashtirish.
Uchrashuv yakunida LX Korporatsiyasi tomonidan texnik yordam sifatida so'nggi rusumdagi geodezik o'lchash asboblari taqdim etildi.