O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi munosabatlari alohida strategik sheriklik maqomiga ko‘tarildi

2019-04-19 | Siyosat

Samarali muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Hukumat va vazirliklar o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, tinch maqsadda fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Koreya markazini tashkil etishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi. 

Ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida kechgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini alohida ta’kidladi.

– Muloqotlarimiz O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga to‘la mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarimiz yaqin ekanini namoyish etdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.

– Dunyoning diqqat markazida bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Prezidentiga chuqur hurmatimni bildiraman. Shavkat Mirziyoyev hamma sohalardagi – siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichi sari yetaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tardik. Uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilib, istiqbolli kelishuvlarga erishdik, – dedi Mun Chje In. 

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani alohida ta’kidlandi.

Поделиться