O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida madaniy meros ob'yektlari borasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2019-04-19 | Madaniyat
Joriy yilning 18 aprel kuni Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova Koreya Respublikasi Madaniy meros administratsiyasi rahbari Cho‘ng Jey Suk bilan rasmiy uchrashdi. Uchrashuvda Madaniyat vaziri o‘rinbosari O‘zbekistondagi madaniy meros ob'yektlarining tarixi va hozirgi holati yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga, tarixda buddizmni ilk davrlari Surxondaryo viloyatida topilganligi haqida ham gapirib berdi.
Shu o‘rinda, Koreya madaniy meros administratsiyasi rahbari Madaniyat vazirligiga iliq tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
Koreya diasporasi O‘zbekistondagi ko‘p millatli xalqning ajralmas qismi hisoblanadi va respublikada o‘tkaziladigan barcha ijtimoiy va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi. O‘zbekiston mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koreyslarning qo‘shayotgan hissasini o‘zbekistonliklar qadrlaydi, bu biz uchun sharafdir -deydi Cho‘ng Jey Suk xonim.
Bugungi uchrashuv madaniy meros ob'yektlari va arxeologik tadqiqotlarni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiradi.
Ayniqsa, ko‘hna Afrosiyob devorida aks etgan Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya - Choson elchisini qabul qilish marosimi tasviri buning yorqin dalilidir. O‘zbek va koreys xalqlarining madaniyati bir biriga o‘xshashdir. Xalqimizning Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, kattaga hurmat, kichikka izzat, sabr-matonat kabi fazilatlari ulargada xos. Taqdir taqozosi bilan bir paytlar yurtimizga kelib qolgan koreyslar o‘zbeklar bilan do‘st-birodar bo‘lib ketgan, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan, deb muloqotni davom ettirdi K.Akilova.
Uchrashuvning asosiy qismida ikki tomonlama madaniy meros ob'yektlari va arxeologik tadqiqotlar borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.