O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan muhandislik-texnologiya institutining loyihasi Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladi

2019-04-19 | Ta’lim

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi uchun mablag‘ ajratildi. Ushbu loyiha doirasida Namangan muhandislik-texnologiya institutining “To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish” loyihasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Jahon banki tomonidan 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirildi.

Mazkur loyiha Prezidentimizning “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Loyiha davomida “ta’lim-fan va ishlab chiqarish” integratsiyasini yanada yaxshilash, sohaga malakali mutaxassis kadrlar yetkazib berish, texnik sohalar uchun o‘qitishning innovatsion yondashuv usullarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda stajirovka o‘tashi kabi izchil ishlar amalga oshiriladi. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

- 2019-2020 yillarda bajarilishi rejalashtirilgan bu loyihaning ilk bosqichida dunyoning eng yaxshi mingtalik reytingiga kiruvchi texnik oliy o‘quv yurtlarining me’yoriy hujjatlari va o‘quv bazasini o‘rganish asosida o‘qitishning innnovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi, - deydi institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari nomzodi Avazbek Obidov. - bundan tashqari, Shveytsariyaning “Rieter” to‘qimachilik mashinasozligi kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizdagi to‘qimachilik korxonalariga o‘rnatilayotgan zamonaviy serunum texnika va texnologiyadan unumli foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.

Поделиться