O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-04-18 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Batmina Batsetseg‘ rahbarligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida agrosanoat kompleksidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri naslchilik, kichik qoramol junini qayta ishlash ekanligi qayd etildi.
Delegatsiya rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi mavjud imkoniyatlarga tulaqonli mos kelmaydi. Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik bazasini yaratishda o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.
Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari respublikada qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi subektlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllarini joriy etishga qaratilgan islohotlar alohida ta’kidlab o‘tildi.