O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan investitsiya va innovatsiya markazida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2019-04-18 | Iqtisodiyot
Tadbirkorlik faoliyatidagi muammolarni tezkor ko‘rib chiqish va ularga yechim topish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqotda 30 dan ortiq tadbirkorlar yer maydoni, bino-inshoot ajratish, kredit olish, xorijiy investorlar hamkorligida faoliyat yuritish, elektr energiyasi ta’minoti, bojxona imtiyozlaridan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha viloyat hokimi Xayrullo Bozarovga murojaat qilishdi.
Yuzma-yuz suhbat jarayonida tegishli tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berilib, aksariyat masalalar joyida ijobiy hal etildi.