O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent investorlarni chorlaydi
2019-04-18 | Iqtisodiyot
17 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida “Investor kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir turli soha va tarmoqlar tizimida yangi yo‘nalishlarni ochish, muassasalarni tashkil etish, zamonaviy turar joy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlarini ishga tushirishga qaratilgan loyihalar taqdimi va muhokamasi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbirda 20 nafar tadbirkorning investitsiyaviy loyihalari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan loyihalarning 14 tasi sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 6 tasi sog‘liqni saqlash sohasiga taalluqlidir. Ushbu loyihalarning amalga tadbiq etilishi natijasida umumiy qiymati 699,25 mlrd.so‘mlik investitsiya kiritiladi, shundan 38,25 mln AQSh dollari xorijiy sarmoyadir. Investitsion loyihalarning ishga tushirilishi natijasida esa 2179 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Toshkent shahar hokimligi ushbu tadbirda barcha investorlar va xorijiy hamkorlarni faol ishtirok etishga taklif etadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun o‘z biznes loyihangizni tashinvest.uz saytiga joylashtirishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: 71 210 0300.