O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Fransiya: hamkorlik rivojlanmoqda

2019-04-18 | Siyosat

2019 yil 17 aprel kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya Respublikasi Yevropa ishlari va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida Fransiya bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi.  Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktyabrda Fransiyaga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda investitsiya sohasida 3 mlrd. 398 mln. yevrolik 17 ta ikki tomonlama kelishuvni ijro etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tatbiq etilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida 15 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Toshkent shahrida Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan poytaxt suv ta’minoti tizimini boshqarish bo‘yicha 150 mln. yevrolik loyiha ro‘yobga chiqarilmoqda.

Uchrashuvda qulay investitsiya muhitini shakllantirish va yanada rivojlantirish, xorijiy investorlar va hamkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli samarali islohotlarga yuqori baho berildi.

Eslatib o‘tamiz, Jan-Batist Lemuan O‘zbekiston-Fransiya Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi hamraisi hisoblanadi va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan 2018 yil oktyabrdagi O‘zbekiston-Frantsiya sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi uchun mas’ul etib tayinlangan.

Uchrashuvda Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen De Vilmor ham ishtirok etdi.

Поделиться