O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy koreyalik sarmoyadorlar 2019-2022 yillarda 10 ta loyihani amalga oshiradi

2019-04-17 | Iqtisodiyot

Farg‘ona viloyati va Koreya Respublikasi ishbilarmonlari hamkorligida bir nechta istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijdagi yirik kompaniyalar va tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farg‘ona viloyatida ham janubiy koreyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 ta qo‘shma va 8 ta xorijiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Farg‘ona viloyati va Koreya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi 2017 yilda eksport hajmi 12,6 million, import hajmi 27,4 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda eksport hajmi 5,2 million, import hajmi 25,2 million dollar bo‘lgan.
 
Joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona shahrida “Listem Fergana” va “Winchemical” qo‘shma korxonalari ishga tushirilgani ham o‘zaro hamkorlikning jadal rivojlanayotganidan dalolatdir.
 
– Yaqinda ish boshlagan korxonamizda termo izolyatsion oboylar va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, – deydi “Winchemical” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi direktori o‘rinbosari G‘ulomjon Soliev. – Mazkur loyihaning umumiy qiymati 3,1 million dollar bo‘lib, “Winhousing internationai Co. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu yerda yiliga 13,4 million dona turli oboy va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati mavjud. 40 kishi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlari asosan xorijga eksportga chiqariladi.
 
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ish boshlagan “Listem Fergana” MChJda tibbiyot uchun zarur bo‘lgan 8 turdagi rentgen asbob-uskunalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘shma korxonaning umumiy qiymati 5 million dollar bo‘lib, yillik quvvati 300-500 dona rentgen apparatini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ayni paytda 35 ta ish o‘rni mavjud korxonada yil yakuniga qadar 100 ga yangi yaqin ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
 
Viloyatda 2019-2022 yillarda 10 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda. Umumiy qiymati 1226,8 million dollar bo‘lgan loyihaning 1219,7 million dollari Janubiy Koreya investitsiyasidir.
 
2018-2019 yillarda Janubiy Koreya ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning viloyatga tashrifi va uning natijasida erishilgan kelishuvlar doirasida 3 ta loyiha amalga oshirildi. Ta’lim sohasida Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya do‘stlik o‘quv markazi negizida ushbu mamlakatning JEI universiteti filialini tashkil etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
 

M.Sulaymonov, O‘zA

Поделиться