O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston muzokaralari
2019-04-17 | Siyosat
2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi hamda dala ishlari reja-grafigi kelishildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra Protokol imzolandi. Ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi may oyining ikkinchi o‘n kunligida Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.