O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boʻkada yangi telekommunikatsiya infratuzilmasi shakllantiriladi

2019-04-17 | Texnologiyalar

Shu kunlarda Boʻka tumanida ishlar qizgʻin pallaga kirgan. Jarayonlar soat sayin oʻzgarib bormoqda. Qurilish-taʼmirlash ishlari tinim bilmayapti, hisobotlardagi raqamlar, koʻrsatkichlar davomiy oʻzgarib bormoqda.

Boʻka tuman hokimligi, sektorlar shtabiga borsangiz, loyihachilar va ijrochilarning qizgʻin bahs-muhokamalari ustidan chiqasiz. 
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish”ning Boʻka tumanidagi aprobatsiyasi ijrosi, hozirgacha amalga oshirilgan ishlarning sarhisobini qilish, galdagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov mazkur tumanda boʻldi. 
 
Vazir tumanda ish olib borayotgan Vazirlik ishchi guruhi bilan uchrashib, uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish boʻyicha taklif qilinayotgan loyihalarni tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqdi.
 
Shuhrat Sodiqov Boʻka tumani markazida joylashgan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ maʼmuriy binosi bazasida tashkil etilayotgan “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi”dagi qurilish-taʼmirlash ishlari jarayoni, tumandagi bir qator maktablarda kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha toʻgaraklarni tashkil etishga oid ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tumandagi “Boʻston” MFYda uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Boʻka tumanidagi barcha maktablarda tashkil etilayotgan kompyuter sinflarida yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun optik tolali aloqa liniyasi asosida telekommunikatsiya infratuzilmasi tashkil etilmoqda. 
 
Muxtasar aytganda, tashkil etilayotgan optik aloqa liniyalari orqali ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan bir qatorda, aholi uchun ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishga imkoniyat yaratilmoqda. 
 
Hozirgi kunda mavjud 73 ta maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash obyektlarining 36 tasiga 170 km optik tolali aloqa liniyalari oʻtkazildi. 12 ta obyektga yakuniy qurilmalar oʻrnatilib, Internet tarmogʻiga ulandi. Shu bilan birga mobil aloqa qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “Katta Rovot” hamda “Koʻkorol” MFY hududida Uzmobile mobil aloqa operatorining baza stansiyalari oʻrnatilib ishga tushirildi. 
 
Tumandagi Boʻston yoshlar bogʻi, madaniyat saroyi va musiqa maktabida oʻrnatilgan Wi-Fi qurilmalari ishga tushirildi. Qolgan obyektlar boʻyicha ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.  
 
Mazkur beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun navbatdagi manzillar – Oqqoʻrgʻon va Piskent tumanlari belgilangan. U joylarda ham hozirning oʻzida ishlar boshlab yuborilgan.

Поделиться