O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro tavsiyalarga muvofiq tabiatni muhofaza qilishning xarajatlar indeksi va fizik hajm ko`rsatkichlarini shakllantirish
2019-04-15 | Jamiyat
Rossiya Federatsiyasi davlat statistika federal xizmati va Jahon Banki tomonidan 2019 yilning 9-10 aprel kunlari Moskva shahrida “Xalqaro tavsiyalarga muvofiq tabiatni muhofaza qilishning xarajatlar indeksi va fizik hajm ko`rsatkichlarini shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi ekologiya va chiqindilardan foydalanish statistikasi sho``basi mudiri Xodjaev Dilmurod hamda Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Gafurova Azima ishtirok etdi.
Shuningdek, ushbu seminarda MDH davlatlari milliy statistika xizmati mutaxassislari, Yevrostat ekspertlari, hamda Rossiya vazirlik va idoralari, ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda ekologik-iqtisodiy hisoblar sohasida xalqaro tashkilotlar va milliy statistik xizmatlar amaliyoti bo`yicha tajriba almashishga alohida urg`u berildi.