O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Ruminiyaga tashrifi to'g'risida
2019-04-15 | Siyosat
2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo bo‘yicha “Barqaror taraqqiyot uchun mushtaraklik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish uchun Ruminiyaga amaliy tashrif bilan boradi.
Buxarest shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Danut Nekulaesku, Kichik va o‘rta tadbirkorlik, savdo va ishbilarmonlik muhiti vazirligi davlat kotibi Gabriela Vosilya hamda konferensiyada ishtirok etgan boshqa delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.