O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-04-12 | Jamiyat

2019-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda delegatsiya rahbari, xalqaro munosabatlar bo‘limi direktori Abdulla Alnuaymi, vakillar Abdulla Alshamsi, Hasan Ahmad, Abdullaziz Alshamsi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi mas'ullar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar mehnat sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar haqida fikr almashdi. Xususan, joriy yil aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida BAA Mehnat vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi, O‘zbekistonda BAAning kasbga o‘qitish markazini tashkil etish va shu orqali O‘zbekiston fuqarolarini BAAda vaqtinchalik mehnat faoliyati yuritishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish, shuningdek, aholi bandligi, mehnat migratsiyasi va mehnat muhofazasi kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan forum o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida, shu bilan birga, O‘zbekistonning aholi bandligi masalasiga oid ko‘rsatkichlari hamda BAAda O‘zbekiston fuqarolarining ishlashi bo‘yicha talab va sharoitlar yoritilgan taqdimot materiali ko‘rib chiqildi.

BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Поделиться