O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatida Xalqaro kosmonavtlar kuni keng nishonlandi

2019-04-12 | Jamiyat

Bugun Sirdaryo tumanida joylashgan “Chehra” restoranida Xalqaro kosmonavtlar kuni keng nishonlandi.

Mazkur bayram tadbirida viloyat sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan Rossiya Qahramonlar Assotsiatsiyasi Prezidenti Shamanov Vladimir Anatolevich, Sovet Ittifoqi Qahramoni, kosmonavt Djanibekov Vladimir Aleksandrovich, Rossiya Qahramonlari, kosmonavtlar Sharipov Salijon Shakirovich, Onufriyenko Yuriy Ivanovich hamda bir guruh mehmonlar ishtirok etdi. Mehmonlarni viloyat hokimi G‘.Mirzayev kutib oldi.

Tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqib, tashrif buyurgan delegatsiya a’zolarini hamda yig‘ilganlarni bugungi xalqaro bayram bilan samimiy qutladi.

Bayram tadbirida tuman va shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan milliy urf-odatlarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmalar, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, folklor guruhlar, Respublika ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ansambl jamoasi mehmonlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi. Tashrif buyurgan mehmonlar uchun maxsus bayram dasturxoni bezatildi.

Tadbir so‘ngida viloyat hokimi tomonidan mehmonlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi. Shu o‘rinda Rossiya Qahramonlar Assotsiatsiyasi Prezidenti Shamanov Vladimir Anatolevich viloyatimiz rahbariga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Поделиться