O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
2019-04-12 | Jamiyat
Aholi bilan be’vosita muloqot qilish va yechimini kutayotgan masalalarga javob topish maqsadida 11-aprel kuni Buxoro shahridagi markaziy istirohat bog‘ida viloyat hokimining Buxoro shahri aholisi uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.
- Uch xonali uyda o‘g‘lim va nabiralarim bilan yashayman. Shu uyga yaqinda nevaramni uylantirib, kelin tushurmoqchiman. O‘zim uchun esa uy ajratishni so‘rab viloyat hokimiga murojaat qildim deydi, - “Ulug‘ vatan urushi” qatnashchisi Ahmedjonov Aminjon. Murojaatim viloyat hokimi tomonidan ijobiy hal etib berildi. Qarilari qadr topgan yurtda yashayotganimga yana bir karra shukrona keltirdim.
Shuningdek, Buxoro shahrida ayollar uchun klinika qurish uchun yer maydoni ajratishni so‘rab murojaat qilgan Gavhar Xudayarova ham uyiga xursand qaytadigan bo‘ldi. Viloyat hokimining topshirig‘i bilan, unga bir hafta muddatda yer maydoni ajratiladigan bo‘ldi.
Shu kuni shuningdek, bandlik va mehnat munosabatlar vazirining ham sayyor qabuli tashkil etildi.
11-aprel kuni ro‘yxatdan o‘tgan, ammo murojaatini aytolmay qolgan fuqarolar uchun viloyat hokimining sayyor qabuli ertaga ham davom etadi.