O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Eng yaxshi rus tili oʻqituvchisi” tanlovining 1-bosqich gʻoliblari aniqlandi

2019-04-12 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat jamgʻarmasi hamda Rossiyaning “Russkaya gumanitarnaya missiya” (“Rus gumanitar missiyasi”) tashkiloti tomonidan “Eng yaxshi rus tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazildi. Tanlovning 1-bosqichida yurtimizdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi oʻzbekistonlik rus tili fani oʻqituvchilari malakasini oshirish, rus tili va adabiyotini oʻqitishning yangi pedagogik usullarini taʼlimga joriy etish, shuningdek, pedagoglarning kasbiy va kommunikativ koʻnikmalarini oshirishdan iborat.

Ishtirokchilar “Russkaya gumanitarnaya missiya” tashkiloti, Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro uyushmasi hamda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat jamgʻarmasi vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan baholandi. 36 nafar oʻqituvchi gʻolib deb topilib, 2-bosqichda ishtirok etishga muvaffaq boʻldi.

Gʻoliblar 17-19 aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan seminarda ishtirok etadi. Seminar doirasida ishtirokchilar tajriba almashish bilan birga rus tili fanini oʻqitish metodikasi boʻyicha mahorat darslarida qatnashadi. Mahorat darslarini Rossiya universiteti professorlari oʻtishi belgilangan.

Tanlovning ikkinchi bosqichi 1-31 may kunlari boʻlib oʻtadi. 10 nafar gʻolib Rossiyaga besh kunlik sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

“Eng yaxshi rus tili oʻqituvchi” tanlovi 1-bosqich gʻoliblari:

1.Abdurahmonova Roksana Ilhomovna, 2-umumtaʼlim maktabi, Xorazm viloyati, Shovot tumani

2.Akopova Elvina Robertovna, 5-umumtaʼlim maktabi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri

3.Aliyeva Gulandom Samiyevna, 10-umumtaʼlim maktabi, Navoiy viloyati, Uchquduq shahri

4.Aralova Iqbol Akmalovna, 85-umumtaʼlim maktabi, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani

5.Ortiqova Muayyam Rahmatovna, 7-umumtaʼlim maktabi, Andijon viloyati, Andijon shahri

6.Bannayeva Lolaxon Abdihalilovna, 23-umumtaʼlim maktabi, Namangan viloyati, Namangan tumani

7.Berjanova Madina Zoirovna, 17-umumtaʼlim maktabi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri

8.JoʻrayevaXosiyatjonMurodovna,4-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi,Buxoro viloyati, Buxoro shahri

9.Kuznetsova Olga Nikolayevna, 16-umumtaʼlim maktabi, Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani

10. Kutluyulova Malika Sobirjonovna, 2-umumtaʼlim maktabi, Toshkent viloyati, Angren shahri 11. Mavlonova Mashhura Musabekovna, 32-umumtaʼlim maktabi, Toshkent viloyati, Zangiota tumani

12.Morozova Vladislava Anvarovna, “Logos” nodavlat umumtaʼlim maktabi, Fargʻona shahri

13.Mullaaxunova Nilufar Muhamatumanovna, 3-umumtaʼlim maktabi, Andijon shahri

14.PirmatovaSanobarMahmudovna, 34-umumtaʼlim maktabi, Qashqadaryo viloyati

15.Roʻzmatova Nigoraxon Qutbiyevna, 27-umumtaʼlim maktabi, Namangan viloyati, Namangan tumani

16.Sattorova Zamira Aliyevna, 50-umumtaʼlim maktabi, Namangan shahri

17.Sirojeva Fatima Oʻrinboyevna, 39-umumtaʼlim maktabi, Toshkent viloyati, Angren shahri

18.Safoyev Sherzod Abdugʻaniyevich, 8-umumtaʼlim maktabi, Navoiy shahri

19.Seytnazarova Bibixan Seydametovna, 1-umumtaʼlim maktabi, Qoraqalpogʻistan Respublikasi, Taxtakoʻpir tumani

20.Seytniyazova Uldaulet Paluaniyazovna, 8-umumtaʼlim maktabi, Navoiy shahri

21. Tojimov Nodirjon Sobirovich, 16-umumtaʼlim maktabi, Qoraqalpogʻiston tumani, Amudaryo tumani

22.TajaddinovaNargisNarimanovna, Xorazm viloyati, Urganch shahri, 16-umumtaʼlim maktabi

23. Ten Artur Rudolfovich, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 34-umumtaʼlim maktabi

24. Toʻrayeva Dilorom Shoymardanovna, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 26-umumtaʼlim maktabi

25.Fettayeva Arzы Shemshidinovna, Toshkent viloyati, Angren shahri, 73-maktab-internati

26. Xanova Dildora Baratovna, Surxondaryo viloyati, Angor tumani, 4-umumtaʼlim maktabi

27.Xatamova Tamara Raimovna, Navoiy viloyati,Zarafshon shahri, 10-umumtaʼlim maktabi

28.Xoliqova Manzura Nurullayevna, 49-umumtaʼlim maktabi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani

29.Xudoyev Yoʻlchi Ximmatovich, 18-umumtaʼlim maktabi, Buxoro viloyati, Olot tumani

30. Yoʻldoshev Ahmadjon Bekchanovich, 48-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati, Xorazm viloyati, Xonqa tumani

31.Xudoynazarov Alisher Toshmatovich, 20-umumtaʼlim maktabi, Qashqadaryo viloyati, Xatirchi tumani

32.Tojiboyeva Sevaraxon Nurmat qizi, 15-umumtaʼlim maktabi, Toshkent shahri, Yashnabod tumani

33.Stepankova Tatyana Anatolyevna, 45-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati, Xorazm viloyati, Urganch tumani

34.Gizatullina Lilyana Zabirovna, 14-umumtaʼlim maktabi, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani

35.Jalilova Gulshoda Tirkashevna, 35-umumtaʼlim maktabi, Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

36.Alimova Feruza Baxtiyorovna, 39-umumtaʼlim maktabi,Andijon viloyati, Baliqchi tumani

Поделиться