O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dzyudo: poytaxtimizda Osiyo ochiq kubogi boshlandi
2019-04-12 | Sport
Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida dzyudo bo’yicha kadetlar va yoshlar o’rtasida Osiyo ochiq kubogi bahslariga start berildi. Nufuzli musobaqada Yevropa va Osiyoning 6ta davlatidan jami 250 nafar atrofidagi sportchilar o’z omadini sinab ko’radi.
Musobaqa reglamentiga ko’ra, 12-13 aprelь kunlari kadetlar toifasidagi bellashuvlar o’tkazilsa, 14-15 aprelь kunlari yoshlar o’z mahoratini namoyish etadi. Ta'kidlash joiz, mazkur musobaqa har yili marhum sportchimiz Uchqun Murodov xotirasiga bag’ishlab an'anaviy tarzda tashkil etiladi va unda iqtidorli dzyudochilarimiz saralab olinadi.
Osiyo ochiq kubogi musobaqalarida yurtimiz polvonlaridan tashqari Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston hamda BАА kadetlar va yoshlar terma jamoalari ham g’oliblik uchun bahs olib boradi. Ushbu musobaqada O’zbekiston nomidan 111 nafar sportchi tatamiga tushsa, qozog’istonliklar ham Osiyo ochiq kubogiga anchagina katta delegatsiya (82 nafar) bilan tashrif buyurgan.