O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Global Muslim Travel Index 2019 reytingida O‘zbekiston yuqorilab bormoqda

2019-04-12 | Turizm

2019-yilning aprel oyida taqdim etilgan Jahon halol turizm reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari orasida esa Top-10 ro‘yxatiga kiritilgan.

Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha 18-o‘rinda (2018-yilda - 32-o‘rinda bo‘lgan). Malayziya, Indoneziya va Turkiya reytingda etakchilik qilayotgan bo‘lsa, Qozog‘iston va Ozarboyjon O‘zbekistondan keyin 19 va 20-o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, ro‘yxatda Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokash, Baxrayn, Ummon, Bruney, Iordaniya, Eron, Misr kabi davlatlar ham qayd etilgan.

Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston 9-o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun: Global Muslim Travel Index 2019 reytingini tuzishda mamlakatlarning iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.

Поделиться