O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Temurshunos frantsuz olimasi Samarqandda

2019-04-12 | Turizm

Fransiyadagi Temuriylar tarixi va san'atini o’rganish assotsiatsiyasi tashkil etilganligining 30 yilligi Samarqandda nishonlanmoqda.

Frantsiyadagi Temuriylar tarixi va san'atini o’rganishi assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bopertyui-Bressand xonim boshchiligida 11 aprelь kuni Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlar kecha Аmir Temur maqbarasi va shahardagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qilgan bo’lsa, bugungi tadbirlar buyuk jahongir haykali poyiga gul qo’yish bilan boshlandi. 

1988 yilning 22 martida Frantsiyaning Parij shahrida temurshunos olimlar, professor Lyusьen Keren hamda Frederik Bressand xonim tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur assotsiatsiya temuriylar davri tarixi, san'ati, madaniyatini o’rganish va uni Frantsiya hamda boshqa Yevropa davlatlarida keng targ’ib etish bilan shug’ullanadi. 

Аssotsiatsiyaning birinchi prezidenti bo’lgan Lyusьen Keren o’zi asarlari va ilmiy tadqiqotlari bilan jahon temurshunosligiga katta hissa qo’shgan va uning bu xizmatlari e'tirof etilib, davlatimizning “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 

Lyusьen Keren vafotidan so’ng uyushmaga Frederik Bressand xonim rahbarlik qilib kelmoqda. Bu fidoyi temurshunos frantsuz olimasiga 2018 yilda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan “Samarqand shahrining faxriy fuqarosi” unvoni berildi. 

Frederik Bressand xonimning assotsiatsiya tashkil etilganligining 30 yilligini O’zbekistonda ham keng nishonlash to’g’risidagi taklifi hukumatimiz tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 
Shu asosida bugun Samarqandda bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. 

Аyni paytda Samarqand shahridagi O’zbekiston madaniyati tarixi muzeyida “Temuriylar davrida madaniyat va san'at” mavzusida ko’rgazma boshlandi 

 

G’.Hasanov, O’zА

Поделиться