O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston sharqida mashg‘ulotlar davom etmoqda: Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bir jamoa bo‘lib harakatlanmoqda
2019-04-12 | Jamiyat
9-apreldan boshlab Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti boshlangan. Qurolli Kuchlarning barcha tarkibiy qismlari tomonidan birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar 13-aprelga qadar davom etadi.
Mashg‘ulotlarga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.
11-aprel kuni Sharqiy harbiy okrugining bir nechta poligonida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq kuch tuzilmalarining mintaqadagi vaziyat beqarorligining oldini olish hamda chegaraoldi hududlarida joylashgan aholi punktlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha harakatiga oid masalalari amalda ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining rahbarligida o‘tkazilmoqda.