O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Oltin odam" namoyishga qo‘yildi

2019-04-12 | Madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko‘rgazma ochildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazmada ikki qo‘shni davlat vakillari, olimlar ishtirok etdi. 

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi san’at va madaniyat ixlosmandlarini Qozog‘istonning boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishdan iborat. Unda Qozog‘iston Respublikasi ramzi hisoblangan “Oltin odam” namoyishga qo‘yildi. 

1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshida Olmaota shahri atrofida arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Issiq qo‘rg‘onda tadqiqot olib borayotgan Kemal Akishev tomonidan Saklar shohi “Oltin odam” qoldiqlari topildi. Bu topilma o‘z navbatida Qozog‘iston ramziga aylandi. Noyob topilma “Qozoq Tutanxamoni” deb atala boshlandi hamda asrning yirik kashfiyoti deb tan olindi. 

“Oltin odam” ko‘rgazmasi bugungi kunda Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Koreya va Tatariston Respublikalarida namoyish etilgan. Bu mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarga bir milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. 2020 yil oxirigacha ko‘rgazma dunyoning 20 mamlakatida namoyishga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada “Oltin odam”ni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda, tilla o‘qlar, qor qoplonlari, arxarlar, otlar, qushlar ko‘rinishidagi oltin plastinalar bilan bezatilgan konus shaklidagi bosh kiyimda ko‘rish mumkin. Shuningdek, (arxeologlar fikricha 17-18 yoshlarda bo‘lgan) sak jangchisi Oltin odam bilan birga dafn qilingan erta temir davriga (mill.avv.V-IV asrlar) oid arxeologik topilmalar to‘plami ham joy olgan. 

Shuningdek, ko‘rgazmada Taksay (G‘arbiy Qozog‘iston viloyati), Taldi-2 (Qarag‘anda viloyati) va Berel (Sharqiy Qozog‘iston viloyati) saklar qo‘rg‘onidan topilgan arxeologik topilmalar ham namoyish etilyapti. Ko‘rgazmada Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyi kollektsiyasidan jami 106 ta eksponat ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Namoyish etilayotgan nodir eksponatlar bu qadimiy va o‘rta asrlar Qozog‘iston san’atining kichik bir qismigina bo‘lib, Yevroosiyo Dasht madaniyat merosining o‘ziga xosligini aks ettiradi. 

"O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ning boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. 

Bu kabi tadbirlar ikki qardosh xalqlarning madaniyatini yanada rivojlantirish va targ‘ib qilishga xizmat qiladi. 

 

Barno Meliqulova, O‘zA

Поделиться