O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukus shahrida tashkil etilgan o‘quv-amaliy kursning navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

2019-04-11 | Jamiyat

Bugungi kunda mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirishda qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tan olish kerakki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning to‘liq amalga oshirilishi, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar aynan hududlarda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlikka har tomonlama bog‘liqdir.

Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yil boshidan Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini o‘qitish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlangan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu kurslarni 400 nafar tinglovchilar tamomlab, hozirda ular o‘qish davomida olgan bilimlarini amaliyotda joriy etmoqda. Mart oyining 25-sanasida boshlangannavbatdagi o‘quv-amaliykurslariga 60 nafar ichki ishlar organlari xodimlari jalb etilib, o‘quv rejasi asosida  tinglovchilar kunning birinchi yarmida ma’naviy-ma’rifiy, psixologiya, o‘q otish, tibbiy yordam ko‘rsatish, maxsus-taktik tayyorgarlik, topografiya, razvedka, saf tayyorgarligi va boshqa zaruriy bilimlarini o‘zlashtirib, kunning ikkinchi yarmida esa olgan bilimlarini amaliyotda sinash maqsadida Nukus shahrining kriminogen hududlarida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xizmatga chiqdilar.

Shuni qayd etish kerakki, o‘quv jarayonlarida bevosita va masofadan o‘qitish tizimi orqali Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda IIV Akademiyasining yuqori ofitserlar tarkibidan iborat professor-o‘qituvchilari tomonidan darslar o‘tildi. O‘quv kurslari davomida xodimlar jangovar tayyorgarlikni oshirish darslarida instruktorlaridan qo‘l jangi, sambo, o‘zini-o‘zi himoya qilish usullarini o‘rgandilar.

Joriy yilning 10 aprel kuni esa navbatdagi o‘quv-amaliy kursini muvaffaqiyatli tamomlagan barcha tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik R.Xatamov, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugining qo‘mondoni, polkovnik D.Choriyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanovlar ishtirok etdi.

Tadbirda polkovnik R.Xatamov so‘zga chiqib, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, o‘quv-amaliy kursini yanada takomillashtirish kerakligi, xususan, tinglovchilarning o‘z ustida ishlashi, psixologik, jangovor-jismoniy  tayyorgarligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalari ishlab chiqilayotganini, bundan asosiy maqsad tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishdan iborat ekanligini qayd etib o‘tdi.

Albatta, bu kabi amaliyotlarning tizimga jalb etilishi xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini boyitib, bugungi globallashuv jarayonlariga yangicha ko‘z bilan qarashga zamin yaratadi. Professional kadrlar jamlangan tizimda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholi xavfsizligi ta’minlanishida samarali natijalarga erishiladi.

Поделиться