O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmga investitsiya – kelajakka investitsiya

2019-04-11 | Turizm

Joriy yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning I choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda davlat rahbari tomonidan investitsiyalarning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etildi.

Prezident tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov 2019 yilning 10 aprel kuni, kun davomida Toshkent shahri, Olmazor ko’chasi, 171-uyda joylashgan qo’mita binosining fuqarolarni qabul qilish xonasida ish faoliyatini olib boradi.

Maqsad - investorlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish va ularni samarali hal qilishda qo'mita vakolatlari doirasida yordam berish, shuningdek, ushbu loyihalarning amalga oshirilishini birgalikda ta’minlash.

Qo’mita rahbari ishtirokida har hafta chorshanba kuni bo’lib o’tadigan sayyor qabul kunlari ketma-ketlik bilan Toshkent shahri hamda Surxondaryo, Farg’ona va Andijon viloyatlarida tashkil etiladi. Qo'mita raisining hududlardagi faoliyati davomida raisning birinchi o'rinbosari v.b Ulug'bek Kasimxodjayev salohiyatli investorlarni poytaxtda qabul qiladi.

Agar siz ham vatanimiz ravnaqiga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, aniq maqsadingiz, loyihalaringiz va investitsiya kiritishga imkoningiz bo'lsa, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining eshiklari siz uchun hamisha ochiq.

10 aprel kuni tashkil etiladigan qabul davomida investorlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini qo’mita binosiga kelmasdan turib ham, +99899 007-00-87 raqami orqali qo’mita rahbarining rasmiy telegram sahifasiga yo’llashlari mumkin.

Ma'lumot uchun: Turizm sohasida investorlarga yaratilgan imtiyozlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yorug' kelajak, investitsiyalar davri sari dadil qadam tashlang!

Поделиться