O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya delegasiyasi Samarqandda

2019-04-11 | Turizm

Joriy yilning 11-aprel kuni Fransiyadan bir guruh delegasiya a’zolari Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar “Samarqand” temiryo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Tashrif davomida 11-13-aprel kunlari mehmonlarni Samarqandning muzeylari, tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish rejalashtirilgan.  

12-aprel kuni mehmonlar uchun O‘zbekiston davlat drama teatri rejissyori Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan “Mirzo Ulug‘bek” spektakli namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu spektaklda Mirzo Ulug‘bek roli Fransiyaning “Komedi Fransez” teatri aktyori Fransua Shatto tomonidan ijro etiladi.

Shuningdek, 13-aprel kuni Registon ansamblining Sherdor madrasasida delegasiya a’zolariga O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etiladi.

Поделиться