O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiyaga mahsulot yetkazishda Boshqirdiston infratuzilmasidan foydalaniladimi?
2019-04-11 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Boshqirdiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ilshat Fazraxmanov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichda faollashayotgani e’tirof etildi.
Ilshat Fazraxmanov bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon xo‘jaliklarini ichki va tashqi bozorda qo‘llab-quvvatlash, shu orqali eksport hajmini yanada oshirish zarurligini aytdi.
Boshqirdistonlik mutaxassislar saxiy O‘zbekiston zamini qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, chorvachilik, asalarichilik kabi sohalarda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar yetishtirish uchun mustahkam asos bo‘lishini alohida e’tirof etib, bu eksport hajmini oshirishda yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidlashdi.
O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berishda Boshqirdiston infratuzilmasidan foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuvda qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
A.Musaev, O‘zA