O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa va Markaziy Osiyodan davlat xaridlari bo'yicha mutaxassislar Toshkentda malakaviy (ish) tajriba almashishadi

2019-04-11 | Iqtisodiyot

Toshkent, 10 aprel 2019 yil. 25 mamlakat ishtirokchilari Toshkentda boshlangan xaridlar, kasbiy etika, menejment va oshkoralik bo'yicha 15-forumda (PRIMO) ishtirok etmoqda. 2005 yildan buyon ushbu tadbir har yili Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlardan birida o'tkazilib, milliy davlat xaridlari tizimini isloh qilish bo'yicha tajriba almashish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.

 

15-PRIMO Forumi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeBRD) va Islom taraqqiyot banki (IsDB) ko'magida  hamda Yevropa investitsiya banki (YeIB), Osiyo Taraqqiyot banki (ADB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Jahon savdo tashkiloti (WTO) va BMTning Xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur tadbir joriy yilning 10 aprelidan 13 apreligacha davom etadi.

PRIMO Forumi davlat xaridlarini tartibga soluvchi davlat idoralari, ushbu platformadagi ishtirokchi mamlakatlar va boshqa xalqaro donorlar tomonidan davlatning davlat xaridlari tizimini isloh qilish tajribasini o'rganish va almashish, shuningdek, xaridlarni boshqarish va ularning davlat investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilishiga alohida e'tibor qaratish imkoniyatini beradi.

Tadbir shuningdek, mintaqaviy va global hamkorlikni rag'batlantirish, davlat xaridlari sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, davlat investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish maqsadida shartnoma boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

"Ushbu forum davlat xaridlari sohasida xalqaro tajriba almashish va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ekspertlar jamoasini rivojlantirish uchun muvaffaqiyatli platforma hisoblanadi. Ko'p jihatdan, bu tadbirning muvaffaqiyati mintaqa mamlakatlarida sotib olishni tartibga soluvchi davlat idoralari uzoq vaqt davomida unga qo’llab quvvatlashida aks etadi", dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller.

"Jahon banki ushbu davlatlarga samarali milliy xaridlar tizimini yaratish borasidagi sa'y-harakatlarida yordam berishni davom ettiradi".

"2005 yilda O'zbekistonda birinchi bor PRIMO Forumi o'tkazilganidan 15 yil o'tib, mamlakatda sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, jumladan, davlat xaridlari tizimining shaffofligi va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan islohotlar amalga oshirilayotgan davrda yana shu tadbir o’tkazilishi ramziy ma’no kasb etadi", - dedi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari Odilbek Isakov.

"Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida O'zbekiston hukumati xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan holda qonunchilik va institutsional asoslarni rivojlantirishni davom ettiradi".

Toshkentdagi PRIMO Forumida 100 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining 20 dan ortiq mamlakat (Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Chernogoriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina)ning davlat xaridlari bo’yicha yuqori lavozimdagi amaldorlar, Quvayt, Braziliya, Chili, shuningdek  YeBRD, ITB, OTB, YeIB, OECD, WTO va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Поделиться