O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XV forumga O’zbekiston mezbonlik qilmoqda

2019-04-11 | Iqtisodiyot

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining xaridlar, kasbiy axloq, boshqaruv va oshkoralik bo’yicha XV forumiga O’zbekiston mezbonlik qilmoqda.

Toshkentda 10 aprel kuni mazkur forum o’z ishini boshladi. 
 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon savdo tashkiloti, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan forumda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat xaridlari bo’yicha 100 dan ziyod mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etmoqda.
 
Tadbirning ochilishida O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov navbatdagi forumning mamlakatimizda o’tayotgani ramziy ma'noga ega ekanini ta'kidladi.
 
– E'tiborlisi, 2005 yilda O’zbekiston mezbonligida mazkur forum ilk bor tashkil etilgan edi, oradan 15 yil o’tib uning yana mamlakatimizda o’tkazilayotgani yurtimizda davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasidagi islohotlarning jadallik bilan olib borilayotgani bilan uzviy bog’liqdir, – dedi O.Isakov.
 
Tadbirda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha vitse-prezidenti Siril Myuller ishtirokchilarga videomurojaat yo’lladi. Unda S.Myuller forum ishtirokchi mamlakatlarning ayni soha bo’yicha o’zaro aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, davlat investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish imkonini berishini ta'kidladi. Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari mamlakatlariga samarali milliy xaridlar tizimini yaratish borasida ko’mak ko’rsatishda davom etishi qayd etiladi.
 
Forumning birinchi kunida Turkiya, Ruminiya, Xorvatiya kabi mamlakatlarning davlat xaridlarini tashkillashtirish, murakkab investitsiyaviy loyihalar doirasidagi boshqaruvning huquqiy va axloqiy asoslari bo’yicha tajribalari, bu borada Yevropa investitsiya banki, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi mutaxassislari tavsiyalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, davlat investitsiyalari va davlat-xususiy sherikligini boshqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda davlat xaridlarini boshqarish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.
 

Malohat Husanova, Otabek Mirsoatov (surat), O’zА

Поделиться