O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barchangizni LANDSHAFT OPEN.uz birinchi xalqaro festivaliga taklif etamiz

2019-04-10 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi betakror landshaft yaratish g‘oyasi va loyihasi bor ijodkorlarni yangi festivalga chorlaydi.

Joriy yilning 3-5-may kunlari poytaxtimizda LANDSHAFT OPEN.uz landshaft san'atiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro festival bo‘lib o‘tadi.
 
Festivalda landshaft, dizayn, arxitektura, floristika kabi ushbu sohani qamrab oluvchi barcha yo‘nalishlardagi imkoniyatlar, mutaxassislarning g‘oyalari va salohiyati namoyish etiladi.
 
Mazkur festival doirasida ko‘plab ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, landshaft dizaynidagi eng yangi taqdimlar namoyishiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi.
 
Ayni kunlarda esa “Toshkent shahri hududidagi eng yaxshi landshaft dizayni bo‘yicha talabalar loyihasi” tanlovi boshlandi.
 
Tanlov 25-aprelga qadar davom etadi va uning natijalari http://landshaft.uz/ saytida e'lon qilinadi. Unga arxitektura, qurilish, landshaft va dizayn yo‘nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar shahrimiz qiyofasini yanada yaxshilashga oid loyihalarini taqdim etishlari lozim. Ishchi guruh tomonidan buning uchun qator ob'ektlar tanlangan. Toshkent Arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar qura tashlash orqali o‘zlari ijodiy ish olib boradigan 6 ta ob'ektni tanlab olishdi.
 
LANDSHAFT OPEN.uzda taqdim etiladigan g‘oya va loyihalar qadimiy va navqiron Toshkentning chiroyini yanada ochishga va rivojlanishiga xizmat qiladi.
 
Festival 3-5-may kunlari Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining atrofida soat 9:00dan 22:00gacha bo‘lib o‘tadi. Murojaat uchun telefon: 90 941 58 85

Поделиться