O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Inson kapitali loyihasining yetakchi ishtirokchilaridan biriga aylanmoqda

2019-04-10 | Jamiyat

Ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtatida Jahon Banki Inson kapitali loyihasining xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenboyev, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligidan mutasaddi rahbarlar ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Jahon banki prezidenti janob Jim Yong Kimning yurtimiz rahbari Sh. Mirziyoyevga O‘zbekistonning Inson Kapitali Loyihasida tashabbuskor davlatlardan biri sifatida ishtirok etishini taklif etgan edi. Ushbu taklif Prezidentimiz tomonidan iliq qarshi olingan edi. Shundan so‘ng, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Jahon bankining Ta’lim hamda Inson Kapitali Loyihasi (IKL) jamoasi bilan videokonferensiya tashkil etilgan edi. Ushbu videokonferensiya davomida Inson Kapitali Loyihasiga O‘zbekistondan mas’ul shaxslar etib Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari hamda Xalq ta’limi vaziri tayinlangan edi.

AQSHda tashkil etilayotgan ushbu forumda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarning hukumat koordinatorlari ishtirok etishmoqda. Forum davomida ishtirokchilarga IKL ning asosiy maqsadi, unga a’zo davlatlarning ijtimoiy himoyasi, sog‘lom turmush tarzi, bilim ko‘rsatkichlari kabi eng zaruriy faktorlarni yaxshilash borasida islohotlarni amalga oshirish, mamlakatning ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda kelgusidagi strategiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalardan tashkil topganligi borasidagi ma’lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, davlatlarning asosiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, davlatdagi mavjud holatlarni o‘rganish va tanqidiy kompitentlarni tahlil qilish, shuningdek, inson kapitalini yaxshilash uchun ushbu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlar yaratish, bu borada bir necha mamlakatlarga murojaat qilish, muvaffaqiyatning eng muhim tarkibiy qismlarini aniqlash, tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish kabi masalalarda ma’ruzalar qilinmoqda. O‘zbekistondan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari tomonidan mamlakatimizda inson kapitali indeksini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha taqdimot qilinmoqda.

Ma’lumot uchun,2018 yil 10 oktyabrda Indoneziyaning Bali shahrida IKL ishtirokchi davlatlarining Sammitida O‘zbekiston birinchi marta ishtirok etgan edi. Unda ishtirok uchun muhim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejani shakllantirishda O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasidan foydalanish, YUNESKO o‘tkazgan so‘rovlar natijalarini inobatga olingan.

Поделиться