O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani oʻtkaziladi

2019-04-10 | Texnologiyalar

23-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida Trend Micro Incorporated kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari korxona va tashkilotlar kiberhimoyasining zamonaviy usul va uslublari haqida soʻzlab beradilar hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qiladilar.

Anjuman yillik forumga aylantirilishi, davlat tashkilotlari, tijorat kompaniyalari va turli yechimlar ishlanmalari boʻyicha mutaxassislar oʻrtasida muhokama va munozara maydoniga aylanishi koʻzda tutilgan.

Ushbu munozarada Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham ishtirok etadilar.

Mazkur tadbir boʻlgʻusi mutaxassislarni axborot xavfsizligi sohasidagi trendlardan xabardorligini oshirish maqsadida ularni jalb etishga qaratiladi.

Anjumanda ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilar quyidagi havolaga oʻtishlari zarur: https://securitytrendsevents.com/tashkent2019#About

Поделиться