O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro baxshichilik san’at festivalining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi
2019-04-10 | Madaniyat
Xalqaro Baxshichilik tanlovining so‘ngi kunida Finlandiya, Turkmaniston, Tojikiston, Belgiya, Turkiya, Yaponiya, O‘zbekiston, kabi mamlakatlarning baxshi, oqinlari ishtirok etishdi.
Kerven, Yovbasarov (Turkmaniston), Azizbek Ziyoyev (Tojikiston), Zeki Erdal (Turkiya), Qalandar va Feruzbek Normatovlar (O‘zbekiston) Go‘ro‘g‘li turkumidagi dostondan parchalar kuylashgan bo‘lsa, Axmedov Boyqo‘chqor (O‘zbekiston) va Abdunazar Poyonovlar (O‘zbekiston) "Alpomish" dostonidan parchalar ijro qilishdi. Turkiyalik baxshi Zeki Erdalning "O‘zbekiston og‘amiz" termasi barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Musobaqada asosiy urg‘u "Go‘ro‘g‘li" turkumidagi dostonlarga berildi.