O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy AKTdan samarali foydalanish istiqbollari

2019-04-10 | Ta’lim

9-aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy AKTni joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik mas’ul rahbar-xodimlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi hamda kelgusidagi vazifalar haqida OAV vakillariga ma’lumot berildi.

Joriy yilning 27-fevralda «Ilm-fan-2020» milliy rivojlanish dasturi doirasida vazirlik Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, Elsevier kompaniyasining SciVal axborot-tahliliy portali ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

2019-yil 23-mart kuni vazirlik hamda Quacquarelli Symonds (QS) va “Elsevier” kompaniyasi o‘rtasida mahalliy universitetlarning WUR (World University Rankings - jahonning eng yaxshi universitetlari reytingi)ga kirishiga oid strategik kelishuv imzolandi.

Поделиться