O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davergeodezkadastr qo‘mitasi vakillarining Vengriyaga tashrifi
2019-04-09 | Jamiyat
Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida Davergeodezkadastr raisi o‘rinbosari A.Mamatov boshchiligidagi delegatsiya Vengriyalik hamkorlar bilan uchrashish maqsadida Budapesht shaxriga tashrif buyurdi.
2019-yilning 8-aprel kuni qo‘mita vakillarining Vengriya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari milliy palatasi rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining milliy palatasi faoliyati bilan yakindan tanishdilar.
Mazkur palataning asosiy vazifasi manfaatlarni himoya qilish, subsidiyalash xamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari malakasini oshirish uchun mutaxassislarni jalb etish kabilardan iboratdir.
Shuningdek, kishloq xo‘jaligi vazirligi va Vengriya geodeziya, kartografiya va masofadan zondlash ilmiy-tadqiqot instituti vakillari "Vengriyadagi yer boshqarish tizimining asosiy xususiyatlari" mavzusida xamda Vengriyaning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan utkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilishga oid sunggi 25 yillik tajribasiga bag‘ishlangan taqdimotlarni namoyish etdilar.
Chet el sarmoyalarini jalb qilish xamda respublikamizda geo-innovatsiyalar sohasidagi global korporatsiyalarning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida delegatsiya a’zolari EUROSENSE kompaniyasining maxalliy ofisiga tashrif buyurishdi.