O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yurak remodelingi rivojlanishi xavfini aniqlash usuli yaratildi
2019-04-09 | Fan
"Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi" aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan yurak remodelingi rivojlanishi xavfini aniqlash usuli yaratildi.
Ushbu usulning vazifasi arterial gipertenziyali bemorlarda profilaktika chora-tadbirlarini olib borish va kelgusida asoratlardan xalos bo'lish imkonini beradigan tegishli terapevtik davoni belgilash, shuningdek bemorga terapiya muddatini qisqartirish va davolash samarasi bo'yicha ancha yuqori bo'lgan qo'shimcha dori effektini pasaytirish uchun xizmat qiladigan usulni ishlab chiqishdan iborat.
Usul orqali bemorda sistolik arterial bosim, tuzga ta'm sezuvchanlikning yuqori pog'onalari o'lchanadi, hamda osh tuzini iste'mol qilish koeffisienti va tana massasi indeksi hisoblanadi.
Ixtiro mualliflari Ravshan Kurbanov, Aleksandr Nagay va Gulnoz Xamidullaevalarga ushbu yaratgan usullari uchun IAP 05763 raqamli patent berildi.