O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQShning Nyu York shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha yirik aksiya o‘tkazildi

2019-04-09 | Turizm

O‘zbekiston  Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda “Vatandosh” diaspora tashkiloti tomonidan, AQShda O‘zbekistonning milliy turizm brendini ommalashtirish, vatandoshlar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish va Amerika jamoatchiligiga o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi haqidagi ma’lumotlarni yetkazish maqsadida, “O‘zbekistonga sayohat qil!” shiori ostida yirik aksiya o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Uber Technologies Inc.” va “Lyft” kompaniyalarining yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasiga ega bo‘lgan vatandoshlarimiz O‘zbekistonning mashhur shaharlari, jumladan, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarining suratlari aks ettirilgan hamda O‘zbekistonning turizm axborot veb-saytlari manzillari ko‘rsatilgan yorliqlarni o‘z avtomobillariga yopishtirishdi.

Shu bilan birga, “O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi” nomli ingliz tilidagi broshyuralar keyinchalik yo‘lovchilarga taqdim etish uchun taksi haydovchilariga tarqatildi.      

100 dan ortiq avtomobillar ishtirokidagi tadbir jarayoni internet tarmog’ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi hamda mahalliy OAVda yoritildi. Tadbir davomida transport vositalari yordamida tayyorlangan va dron yordamida suratga olingan “I LOVE UZ” yozuvi namoyishi esa kutilmagan voqea bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Uber Technologies Inc. – 2009 yilda tashkil etilgan Amerikaning xalqaro xususiy kompaniyasi hisoblanadi. Mazkur kompaniya xususiy haydovchi yoki taksi chaqirish, to‘lovlarni amalga oshirish, oziq-ovqatlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan mobil ilova yaratgan va shu orqali mashxurlikka erishgan. Majud ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 2 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Uber kompaniyasining litsenziyasiga ega.

Lyft – 2012 yilda tashkil etilgan San-Fransiskodagi kompaniya hisobalanadi. Mazkur kompaniya o‘z foydalanuvchilariga o‘rtacha va arzon narxlarda belgilangan manzilga yetkazib qo‘yishga tayyor bo‘lgan taksilarni mobil dastur yoki veb-sayt yordamida qidirib topish imkonini beradi. Lyft kompaniyasi AQShning 60 ta shahrida ishlaydi.   

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil mart oyida AQShda keng nishonlangan Navro‘z bayrami doirasida, Kaliforniya, Illinoys, Vashington va Pensilvaniya shtatlarida O‘zbekistoning tarixiy shaharlari aks ettirilgan, avtomobillarga yopishtirish uchun mo‘ljallangan yorliqlar hamda “O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi” broshyuralarini tarqatish kabi tadbirlar o‘tkazilgan edi.

Поделиться