O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OTMlarining AKT holati onlayn tizimda baholab borilyapti. Natija qanday?

2019-04-09 | Texnologiyalar

Bu haqda Milliy matbuot markazida “Oliy ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarga ko‘ra, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Konsepsiyada 2021 yilga qadar oliy ta’lim tizimida boshqaruv va o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, masofaviy ta’limni joriy etish belgilangan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini yaratish va integratsiyalashga, o‘quv, kompyuter sinflari, server xonalarini jihozlash hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona talablar, OTMlarida AKTni joriy etish borasida talablar qo‘yilgan. Hozirgi kunda belgilangan barcha ko‘rsatkichlar orqali OTMlarining AKT holati onlayn tizimda baholab borilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘quv jarayoniga AKTni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Abdullaev vazirlikning barcha boshqarma va bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan hisobotlar to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazilganligini ta’kidladi. Ushbu tizim joriy etilishi natijasida 4700 ga yaqin ko‘rsatgichlar 1200 ga qisqardi. Tizim http://my.edu.uz manzilida joylashtirilgan bo‘lib jami 16 ta axborot tizimini o‘z ichiga oladi.

Pedagogning portfoliosi http://pf.bimm.uz ta’lim muassasalari rahbariyati uchun o‘qituvchilarning ish faoliyati unumdorligi monitoringini olib borish hamda pedagoglarning o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim vositadir. Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholash, o‘z-o‘ziga baho berishning ko‘p funksiyali vositasi shakllandi.

Matbuot anjumani davom etmoqda.

 

Barno Meliqulova, O‘zA

Поделиться