O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boshqirdiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Samarqandda

2019-04-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-aprel kuni viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov Boshqirdiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ilshat Faraxmanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.

Mehmonlar viloyatimizdagi intentsiv bog‘larda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish, asalarichilikni rivojlantirish masalalari xususidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu borada ikki tomon imkoniyatlari muhokama qilindi.

- Yurtingizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozorida o‘z o‘rniga ega, - deydi Boshqirdiston Savdo-sanoat palatasining O‘zbekistondagi vakili Marsel Asfandiyarov. - Shu bois tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari bilan bir qatorda quruq meva yetishtirishdagi tajribalariga qiziqish katta. Bu haqda uchrashuv davomida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash niyatidamiz.

Поделиться