O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chexiya savdo-sanoat vaziri: "O‘zbekiston bilan tovar ayriboshlashda mahsulotlar turini ko‘paytirish lozim"

2019-04-08 | Iqtisodiyot

Toshkentda O‘zbekiston - Chexiya biznes forum o‘tkazilmoqda. 

Ushbu tadbirda mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari, Chexiya Respublikasi savdo-sanoat vaziri Marta Novikova boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibidan Chexiyaning qurilish, metallurgiya, minerallarni qayta ishlash, logistika, sayyohlik kimyo, xavfsizlik tizimlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar va tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan 20 ga yaqin kompaniyalari vakillari o‘rin olgan. 

Forumning ochilishida Chexiya savdo-sanoat vaziri Marta Novikova o‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha aloqalar yetarlicha darajada rivojlanmanganini aytib o‘tdi. 
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda ikki mamlakat oldida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar yig‘ilib qolgan. Chexiya ishbilarmonlari O‘zbekistonga sarmoya kiritishdan manfaatdor, o‘zaro tovar ayriboshlashda eksport, import mahsulotlar turini ko‘paytirish lozim. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda Chexiya kapitali ishtirokida 25 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan 2018 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 69,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. 

Ayni vaqtda forum doirasida chexiyalik vakillar O‘zbekiston iqtisodiy sohalarida olib borilayotgan islohotlar, investorlarga berilgan imtiyozlar bilan tanishtirilmoqda.

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться