O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston “halol turizm” salohiyatining xalqaro darajadagi targ‘iboti

2019-04-08 | Turizm

Turkiyaning Antaliya shahrida Islomiy davlatlar statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar hamda o‘quv markazi — SESRIC tashkiloti va Kastomonu universiteti (Turkiya) hamkorligida II Xalqaro “Halol turizm” anjumani (II INTERNATIONAL TOURISM CONGRESS) bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanning ikkinchi kunida ham BJTT “Ipak yo‘li ofisi” UK direktori M. Mirzaxidov tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotda, asosan, O‘zbekistonning turizm, xususan ziyorat va halol turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshiriayotgan ishlari va ularning natijasida yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

“O‘zbekistonda halol turizm salohiyatining rivoji: Milliy tajriba va xorijiy amaliyotni joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan taqdimotda mamlakatimizga xorijiy investorlar va turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Taqdimotda berilgan ma’lumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan xorijiy ishtirokchilar halol turizm sohasida O‘zbekistonning imkoniyatlari juda keng ekanini ta’kidlab, yurtimiz ular uchun ham yuqori salohiyatga ega yangi bozor ekanini va hamkorliklarni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.

Xulosa o‘rnida shuni alohida qayd etish joizki, halol turizm sohasida mamlakatimizning ulkan salohiyatini va bu xalqaro jamoatchilikni qiziqtirayotganini, mazkur bozorga kirish orqali yurtimizga turistlar oqimini yanada oshirish imkoniyatlari mavjudligini inobatga olgan holda, mazkur sohadagi qonunchilik bazasini yaratishga hamda zaruriy infratuzilmani barpo etishga yanada ko‘proq e’tibor qaratish lozim.

Поделиться