O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Barkamol avlod” markazlari faoliyatini boshqarishning axborot tizimi yaratildi

2019-04-08 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Taʼlim sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan “Barkamol avlod” markazlari faoliyatini boshqarishning axborot tizimi yaratildi va test rejimida joriy etildi. Yangi tizim “Barkamol avlod” markazlaridagi bolalar sonini sunʼiy oshirilishini bartaraf etib, roʻyxatga kiritilgan oʻgʻil-qizlar boʻyicha hisobot olish imkonini beradi.

Shu bilan birga tizimdagi markaz xodimlarining maʼlumotlar bazasi va ular boʻyicha asosiy hisobot shakllarini yaratish imkoniyati ham koʻzda tutilgan.

Axborot tizimi har bir bolani “Barkamol avlod” markazlariga kelib, ketish davomati boʻyicha ishlarni ham tizimlashtirishga koʻmak beradi.

Mazkur axborot tizimidan foydalanishni yoʻlga quyish maqsadida“Axborot tizimini yaratish davomida kelib chiqadigan kamchiliklarni bartaraf etish” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Xalq taʼlimi vazirligi va Taʼlim sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi masʼul xodimlari, “Barkamol avlod” markazlari rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida “Barkamol avlod” markazlari xodimlariga tizimdan foydalanish boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, axborot tizimiga qoʻshimcha takliflar kiritish boʻyicha ishtirokchilar fikri tinglandi.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda respublikamizda 215 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat koʻrsatib, ularda tashkil etilgan 5450 ta toʻgarakda 146 549 nafar oʻquvchi kasb-hunar sirlarini oʻrganmoqda.

Ushbu toʻgaraklarga jalb qilingan oʻquvchilarning 14 769 nafari kam taʼminlangan oila farzandlari, 2133 nafar Mehribonlik uylari va 101 nafar “SOS-Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi muassasalari tarbiyalanuvchilari, 342 nafar imkoniyati cheklangan hamda 120 nafar ichki ishlar organlarida profilaktik roʻyxatga olingan bolalardan iborat.

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida jami 6498 nafar xodim faoliyat koʻrsatib, ulardan 1621 nafari (25%) oliy maʼlumotli, 4819 nafari (74 %) oʻrta-maxsus maʼlumotli va 58 nafari (1%) hunarmand-usta xodimlardir.

Поделиться