O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Sulton Saodat majmuasini obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

2019-04-06 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahri yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.

Ushbu qadamjo X-XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bo‘lgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, ya’ni “Sayyidlar sultoni” deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan. 

Olimlar fikricha, Hasan al-Amir o‘z yaqinlari bilan taxminan 865 yilda Termizga kelib, yashab qolgan. Shu tariqa bu yerda obro‘li sayyidlar sulolasi shakllangan. O‘rta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida o‘rni bo‘lgan. Sohibqiron va temuriylar payg‘ambarimiz avlodlariga hurmat ko‘rsatishni sharaf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar o‘z davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma’naviy, madaniy ahamiyatga egadir.

Davlatimiz rahbari ushbu qadamjo ulkan ma’naviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Majmua hududini arxeologik o‘rganish asosida uni obodonlashtirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ham ziyorat qildi. Yurtimizga tinchlik, qut-baraka tilab duo qilindi.

Поделиться