O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik festivalinng boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi
2019-04-04 | Madaniyat
Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida birinchi Xalqaro baxshichilik festivaliga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda.
Shaharda madaniyat va infratuzilmalar obyektlari tayyorlandi – tashrif uchun Termiz arxeologiya muzeyi ochildi, shahar aeroportining yangi terminali ishga tushmoqda, markaziy koʻchalar obodonlashtirildi, jamoat joylarida sanitariya-gigiena obyektlari oʻrnatildi.
Qisqa vaqt ichida, Termizdagi “Bolajon” madaniyat va istirohat bogʻida har bir viloyatning milliy qiyofasi - xalq amaliy va tasviriy sanʻati namunalari, milliy taomlar va liboslar aks ettirilgan Oʻzbekiston viloyatlarining koʻrgazmali stendlari oʻrnatilgan.
Qayd etish kerakki, sayyohlar koʻmak tariqasida va havfsizlik maqsadida Termizdagi festival vaqtida turistik politsiya ishlaydi.
Bundan tashqari, festivalni tezkorlik bilan yoritish uchun Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida dunyoning 20 mamlakatidan 30dan ortiq jurnalistlar, shuningdek Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishlaydigan matbuot markazi tashkil etildi.